"Milan" "Monako"dan belgiyalik futbolchini sotib olmoqchi

7 yanv 2019, 00:10
Yuri Tilemans "Milan" klubining e'tiborini o'ziga jalb etdi.

Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri ma'lumot bermoqda. "Milan" Sesk Fabregasni sotib olish borasida "Monako"ga imkoniyatni boy berganidan keyin, monegaskliklardan Yuri Tilemansga da'vogar bo'lib turibdi. "Rossonerilar" aynan belgiyalik futbolchini yarim himoyada Fabregas qiladigan ishni bajara oladi deb hisoblashmoqda

To'g'risini aytganda, "Monako" bosh murabbiyi Terri Anri 21 yoshli shogirdini jamoada olib qolish niyatida. Anri Tilemansdan klubning rivojlanish yo'lida foydalanishidan umidvorligini aytib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport