"Milan" "Monako" himoyachisini xarid qilmoqchi

Alisher
14 iyul 2021
"Monako" va "Milan" fransiyaliklar himoyachisi Fode Ballo-Ture borasida muzokaralar olib bormoqda.

24 yoshli senegallik futbolchi italyan klubiga o'tishga rozilik bildirdi.

O'yinchining transferi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 8 million evro to'lanadi.

Ballo-Ture 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato