"Milan" Luis Alberto bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi

Alisher
8 sen 2021
"Milan" rahbariyati yozgi transfer oynasida o'rta chiziqni "Lacio" xavbeki Luis Alberto bilan kuchaytirishni xohlagan edi.

"Rossonerilar" 28 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi borasida muzokaralar o'tkazishdi, ammo "burgutlar" o'yinchini qo'yib yuborishni xohlashmadi.

"Lacio" Alberto uchun kamida 50 mln evro to'langan taqdirda futbolchi bilan xayrlashishga tayyor edi. Milan klubi bu narxni yuqori deb hisobladi va muzokaralarni to'xtatdi.

Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Il Messaggero