

Dizayn ishlari nemis kompaniyasi Puma tomonidan amalga oshirildi. Suratga olish jarayonida Alessio Romanoli, Kshishtof Pyontek, Lukas Paketa, Suso va Temue Bakayoko ishtirok etishdi.

Joriy mavsum "Milan" YCHL yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Jennaro Gattuzo jamoasi A Seriya turnir jadvalida 56 ochko bilan 4-o'rinni band etib turibdi. Avvalroq, "rossonerilar" Yevropa ligasi va Italiya kubogidan chiqib kyetishgandi.



