Milan Jenoa va Kevoni yuta olmasa Montellani iste'foga chiqaradi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2017, 08:22
Yevropa ligasi 3-turida AEK bilan durangdan so'ng (0:0) Milan ustozi Vinchenco Montellaning kursisi qimirlab qoldi.

Sky Italia nashri xabariga ko'ra, murabbiy ishda qolishi uchun keyingi ikki o'yinda 6 ochko olishi lozim.

Klub 9-turda 22 oktyabr kuni o'z maydnida Jenoa bilan o'ynaydi, 25 oktyabrda esa safarda Kevo bilan uchrashadi.

Ayni paytda 12 ochko to'plagan Milan Italiya A seriyasida 10-o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia