“Milan” himoyachisini “Dinamo M”ga sotishga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021
“Rossonerilar” qanot himoyachisi Diego Laksalt faoliyatin RPLda davom ettiradi, deya xabar bermoqda Janlika Di Marcio.

Manbaga ko'ra, Laksalt “Dinamo” (Moskva)ga o'tadi va tomonlar transfer masalasida kelishuvga erishgan. 28 yoshli urugvaylik yangi jamoasida yiliga 2,5 mln evro ishlab topadi. Uning Milandagi maoshi esa 3,4 mln evro edi.

Diego Laksalt o'tgan mavsumni ijara asosida “Seltik”da o'tkazdi va Shotlandiya chempionatida 17 bahsda qatnashib, bitta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio