"Milan" "Espanol" futbolchisini nishonga oldi

27 iyul 2020, 19:39
"Espanol" klubi yarim himoyachisi Mark Roka faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Transfermarketweb.com xabariga ko'ra, "Milan" mutasaddilari 23 yoshli ispaniyalik xavbekning xizmatlariga qiziqib qolgan. Uning ehtimoliy transfer qiymati 14 mln evroga baholanmoqda.

Shuningdek, "Sevilya", "Real", "Everton" va "Arsenal" klublari ham Mark Rokaga befarq emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarketweb.com