"Milan" Chalxanogluga yiliga 4 mln evro taklif qiladi

Alisher
13 yanv 2021, 18:47
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu bugun kun oxirigacha klub rahbariyati bilan uchrashishi kerak.

Milanliklar yangi shartnomaga ko'ra Chalxanogluga 4 million evro maosh berishmoqchi.

Xakan Xalxanoglu "Milan"ning asosiy o'yinchilaridan biridir, klub esa ayni damda Italiya chempionatida birinchi o'rinda bormoqda.

Turkiyalik futbolchi joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport