"Milan" "Bavariya" hujumchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019, 15:41
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisiga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi vakillari Germaniya hamda Gollandiya o'rtasidagi Evro-2020 uchrashuvini stadionda kuzatishgan.

"Milan" 23 yoshli futbolchi uchun kamida 50 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi. Gnabri joriy mavsum Myunxen klubi safida 31ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport