Midori Honda: "Oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik"

Administrator
1 noya 2023, 21:56
Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga ikkinchi saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Hindiston (3:0) uchrashuvidan so'ng, O'zbekiston ayollar terma jamoasi jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda uchrashuvi haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Keyingi bosqichga chiqish uchun, avvalo g'alaba qozonishimiz shart edi. O'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. “B” guruhidagi Xitoy – Janubiy Koreya o'yinini ham kuzatib bordik, biroq futbolchilarga bahs yakunlanganidan so'ng bu haqda ma'lum qildik. Navbatdagi bosqichda katta ehtimol bilan Avstraliya bizga raqib bo'ladi. Ular juda kuchli jamoa, biroq biz ham bor imkoniyatimizni ishga solamiz va futbolchilar bilan birgalikda o'sishda davom etamiz", -deydi Midori Honda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz