"Midlsbro" Dauning bilan xayrlashishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017, 18:45
Yarim himoyachi Styuart Dauning yanvarda "Midlsbro"ni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati 32 yoshli futbolchini ijaraga berishni o'ylab turibdi. Dauning faoliyatini qayerda davom ettirishi - hozircha noma'lum.

Styuart Dauning 2015 yilning iyulida "Vest Xem"dan "Midlsbro"ga o'tgan. Futbolchi va "Boro" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha amalda.

Joriy mavsumda Dauning APLning 17 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports