Metyu Spiranovich Xitoyga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2015, 11:40
Kecha Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi doirasidagi Avstraliya - Janubiy Koreya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Koreyslarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yinda mezbonlar himoyachisi Metyu Spiranovich musobaqadagi o'zining ikkinchi sariq kartochkasini oldi.

Ummonga qarshi bahsda ham ogohlantirilgan himoyachi endi chorak finaldagi Xitoyga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy - Avstraliya uchrashuvii 22 yanvar kuni Brisben shahrida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia