"Metallurg": Tug'ilgan kunlar muborak bo'lsin!

Narzulla Saydullayev
16 fev 2017, 21:40
Bugun “Metallurg” jamoasi o'yinchisi Doniyor Odilovning tug'ilgan kuni. U 28-bahorini qarshilamoqda.

Shuningdek, mazkur oyning birinchi o'n kunligida jamoa o'yinchilaridan Farhod Namozov (21 yosh), Jahongir Abdumo'minov (24 yosh), Xudoyshukur Sattorov (19 yosh) va Siroj Toshpo'latov (22 yosh) lar ham tavallud ayyomlarini kutib olishganligini ma'lum qilamiz.  

Shu munosabat bilan “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Metallurg” stadioni xodimlari hamda muxlislari nomidan ularni samimiy tabriklaymiz.

Tavallud ayyomini qarshilagan futbolchilarimizga sihat-salomatlik, faoliyatlari davomida omad, keyingi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia