“Metallurg” mashg'ulotlarni Toshkentda o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2022, 09:00
Bekobodning “Metallurg” jamoasi mashg'ulotlarning ikkinchi bosqichini Toshkentda boshladi.

Jamoa a'zolari va murabbiylar shtabi 24 oktyabr sanasida poytaxtga kelib, mehmonxonaga joylashishdi. Shu kunning o'zidayoq mashg'ulotlar boshlab yuborildi. 

Luisma Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi har kuni futbolchilarning jismoniy tayyorgarlikni tiklash, to'p bilan ishlash, o'yinchilarning maydonda bir-birlarini tushinish jarayonlarini shakllantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Toshkeytdagi yig'in 1 fevral sanasiga qadar davom etadi. Mashg'ulotlardan tashqari nazorat uchrashuvi o'tkazish ham rejalashtirilgan.

Poytaxtdagi yig'in yakunlangach, “Metallurg” jamoasi 3 fevral sanasida Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi va tayyorgarlikning uchinchi bosqichi xorijda davom ettiriladi.






O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Металлург" ФК матбуот хизмати