Messidan yana bir rekord

Narzulla Saydullayev
27 fev 2017, 01:21
Barselona Ispaniya chempionatining 24-turida Atletikoni mag'lub etdi.

Bu g'alaba Lionel Messi uchun klub safidagi chempionatda 277-g'alabaga aylandi.

Argentinalik futbolchi Dani Alvesni ortda qoldirdi va legionerlar orasida rekordchiga aylanib oldi.

Shuningdek, Messi Barselona safida barcha musobaqalarda 400-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu borada Xavi (476 g'alaba) va Andres Inesta (417 g'alaba) Messidan oldinda xolos.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/pedritonumeros