Messidan yana bir qoyilmaqom natija

14 iyun 2020, 07:58
Leo La Ligada ajoyib statistika qayd etmoqda.

“Barselona” hujumchisi Leo Messi La Liga 28-turi doirasida “Malorka”ga qarshi bahsda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 32 yoshli futbolchi bu orqali La Liga joriy mavsumidagi gollarini 20 taga etkazdi. Leo ketma-ket 12 mavsumdan beri La Ligada kamida 20 ta gol urishga eirshmoqda.

Uning bu ceriyasi 2008/09 yilgi mavsumdan (23 ta gol) boshlangan. Rekordi esa 2011/12 yilgi mavsumda (50 ta gol) qayd etilgan.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu “Real” safida ketma-ket 9 mavsum La Liga doirasida 20+ gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta