Messi – XXI asrda omadsiz amalga oshirilgan penaltilar bo'yicha yetakchi

Omonjon To`xtamirzayev
31 iyul 2020, 16:15
Lionel Messi XXI asrda penaltidan gol ura olmagan futbolchilar orasida yetakchilik qilmoqda.

Transfermarkt sayti XXI asrda penaltidan unumli foydalana olmagan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Yevropaning Top-5 chempionatlari ichida nuqtadan zarba berishda eng ko'p "Barselona" forvardi Lionel Messi xatoga yo'l qo'ygan – XXI asrda u 22 bor penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Roma" afsonasi Franchesko Totti bo'lishib turibdi – 18tadan omadsiz penalti.


Reytingning Top-10 quyidagi ko'rinish olgan:

1. Lionel Messi, "Barselona" – 22 ta

2-3. Krishtianu Ronaldu, "Yuventus" – 18 ta

2-3. Franchesko Totti, eks-"Roma" – 18 ta

4. Antonio Di Natale, eks-"Udineze" – 14 ta

5. Edinson Kavani, "PSJ" – 13 ta

6-7. Ueyn Runi, "Derbi Kaunti", eks-"MYU" – 12 ta

6-7. Serxio Aguero, "Manchester Siti" – 12 ta

8-10. Ronaldinyo, eks-"Barselona" – 10 ta

8-10. Rud van Nistelroy, eks-"MYU" – 10 ta

8-10. Aric Aduris, eks-"Atletik" – 10 ta

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru