Messi, Suares va Neymarga boshqalarga nisbatan ertaroq tatil berildi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016, 22:31
“Barselona”ning kuchli uchligi - Lionel Messi, Luis Suares va Neymar muddatidan avval tatilga chiqdi.

“Barselona” yetakchilari boshqa jamoadoshlaridan ertaroq tatilga chiqishdi. Kataloniyaliklar joriy mavsum hisobidan yana bitta uchrashuvda maydonga tushishadi.

Aniqrog'i, “Barselona” Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqich javob uchrashuvida “Erkules”ga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin 22 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Bu jamoalarning ilk o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. O'sha o'yinda ham bu trio maydonga tushmagandi. Luis Enrike jamoa yetakchilarisiz ham nimchorak final chiptasi qo'lga kiritilishiga ishonmoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: isport.ua