Messi "Sevilya"ga gol urishni "yaxshi ko'radi"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019, 12:37
LaLiganing 25-turida "Barselona" "Sevilya"ni 4:2 hisobida taslim etdi.

Ushbu bahsda Kataloniya klubi hujumchisi Lionel Messi xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib, Leoning "Sevilya" darvozasiga urgan gollari soni 36taga etdi. Argentinalik forvard faoliyati davomida eng ko'p golni aynan sevilyaliklar darvozasiga urgan.

Messi faoliyati davomida eng ko'p gol urgan jamoalari:

"Sevilya" - 36ta

"Atletiko" - 28ta

"Valensiya" - 27ta

"Real" - 26ta

"Atletik" - 24ta

"Osasuna" - 23ta

"Espanol" - 23ta

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net