Messi Real bilan o'yin haqida: Yilni g'alaba bilan tugatish ajoyib bo'lardi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2017, 09:05
Barselona hujumchis Lionel Messi Realga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Bu o'yinda yutib taqibchilarimizdan yanada uzoqlashmoqchimiz. Real maydonida o'ynash doim - o'zgacha. Yilni g'alaba bilan tugatish va Rojdestvo bayramlarini ajoyib kayfiyatda o'tkazsak yaxshi bo'lardi, - deydi Messi.

Ayni paytda Barselona 42 ochko bilan Primeroda peshqadam. Real bitta o'yin kam o'tkazib, 31 ochko bilan to'rtinchi o'rinda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com