Messi Rauldan o'tib ketdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2014, 08:52
Barselona hujumchisi Lionel Messi Real Sosedadga qarshi o'yinda (1:3) Ispaniya chempionatida o'zining 229-golini urdi.
Shunday qilib, 26 yoshli argentinalik futbolchi La Liga tarixida uchinchi o'ringa chiqib oldi. Kecha u Real afsonasi Raulni ortda qoldirdi.

Messi 229ta golni 264ta o'yinda urdi.

Ispaniya chempionatida gol urish borasida Atletikning sobiq vakili Telmo Sarra (251ta gol) peshqadam. Ikkinchi o'rinda Ugo Sanches (234ta gol) bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru