Messi Parijdan o'ziga uy izlamoqda

Eldor Akmurzayev
13 may 2021, 21:36
Parijdagi ko'chmas mulk bilan shug'ullanuvchi mashhur agentlik “Barselona” forvardi Lionel Messining iltimosiga ko'ra Fransiya poytaxtidan uy qidirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messiga allaqachon bir qancha variantlar taklif qilingan, ammo ular Messiga maqul kelmagan.

Avvalroq, argentinalikning kelajagini PSJ bilan bog'lashgandi, lekin oxirgi vaqtlarda Fransiya grandi unga avvalgidek qiziqish bildirmayotgani aytilmoqda.

33 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yoz o'z yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: le10sport