Messi "Oltin to'p" haqida: "Bu chiroyli etirof. Birinchi mukofot o'zgachadir"

Alisher
23 noya 2019, 18:45
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin to'p" haqida gapirdi.

"Bu chiroyli etirof. Shubhasiz, ilk "Oltin to'p" eng o'zgachasi bo'lgan.

Hammasi sheriklarimning xizmatlari tufayli bo'lgan. Agar biz birga harakat qilmaganimizda, men shaxsiy sovrinlarni yuta olmas edim.

2010 yilda bu sovrin uchun da'vogarlar sifatida men, Inesta va Xavi suratga tushgan edik. Bu do'stligimiz uchun ajoyib lahzalar edi", - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi "Oltin to'p"ni 5 marta (2009, 2010, 2011, 2012, 2015) qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS