Messi matbuotga boykot e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2016, 16:13
Argentina terma jamoasi futbolchilari Kolumbiya ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, ko'pchilik bo'lib matbuot-anjumaniga kirishdi.

Lionel Messi mikrofonni qo'lga olib shunday dedi:

"Biz matbuot bilan boshqa muloqot qilmaslikka kelishib oldik, sababini bilasiz. Ko'plab ayblovlar, hurmatsizliklar va ayniqsa Lavessiga nisbatan jiddiy ayblovlar bo'ldi. Ko'pchiligingiz futbol o'ynamaysiz ham.

Biz yutsak yoki mag'lub bo'lsak tanqidga uchrashimiz mumkin. Ammo bu shaxsiy hayotga aralashish. Agar bugun buni to'xtatmasak, hech kim buni hech qachon bas qilmaydi".

Eslatib o'tamiz, oldinroq Lavessi Kolumbiyaga qarshi bahs oldidan jurnalistlar tomonidan qora dori istemol qilishda ayblangan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru