Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
4 may 2023
Qaror qabul qilindi.

PSJ hujumchisi Lionel Messi mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining otasi va agenti bu qaror haqida klubni xabardor qilgan. 

Parijliklar ham argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmagan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

PSJ muxlislari rahbariyat va bazi yulduz futbolchilardan norozi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano