Messi: "JCH-2022da g'olib bo'lmaganimizda, men terma jamoadan ketardim"

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2024
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi agarda jamoasi Qatardagi JCH-2022da g'olib bo'lmaganida qanday yo'l tutishini aytib o'tdi.

"Jahon chempioni bo'lish biz, oila a'zolarimiz va butun mamlakat uchun - bu sehrgarlik. Bu butun umr biz bilan qoladigan voqea. Agarda biz jahon chempioni bo'la olmaganimizda, katta ehtimol, men termadan ketardim. Biroq biz buni uddaladik va Argentinaga yana bir sovrinni tortiq qildik.

Avvalroq Di Mariya Amerika Kubogi Argentina termasi bilan so'nggi turniri bo'lishini aytgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TyC Sports