Messi Ispaniya futboli tarixida 100 ta “dubl” qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
7 may 2017, 01:02
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 36-turida “Vilyareal”ga (4:1) qarshi bahsda ikkita to'p kiritiga erishdi.

Shu tariqa 29 yoshli argentinalik futbolchi Ispaniya chempionati tarixida 100 ta dublga erishgan ilk futbolchiga aylandi.

Messi 56 marta “Nou Kamp”da, 44 marta jamoasining safar uchrashuvlarida raqiblari darvozasini ikki martadan ishg'ol etdi. “Vilyareal”ga qarshi bahsda Messi bitta golini penaltidan kiritdi. Bu hujumchining “Barselona”dagi faoliyatida amalga oshirgan 73-penaltisi sifatida qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: твиттер Mister Chip