Messi Gerd Myullerning afsonaviy rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2017
"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 15-turida "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o'yinda gol urdi.

Shu tariqa, Messi Gerd Myullerning bitta klub safida gol urish borasidagi rekordini takrorladi. Ularning hisobida endi 525tadan gol bor.

Myuller "Bavariya" safida 1964-1979 yillarda o'ynagan va rekordni qayd etish uchun 15 yil talab etilgan. Messi esa "Barselona"da 13 yildan buyon o'ynab kelmoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona