Messi - YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016
Kecha UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 3-turining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazayotganini e'lon qilgan edik.

Tashkilotning "Tvitter"dagi sahifasi bir necha daqiqa oldin haftaning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi bo'lganini e'lon qildi.


Messi "Manchester Siti"ga qarshi bahsda 3 ta gol urishga va 1 ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

Ovoz berish natijalari:

Lionel Messi - 38%

Riyad Maxrez - 20%

Per-Emerik Obameyyang - 15%

Mesut Ozil - 13%

Janluiji Buffon - 11%

Yannik Ferreyra-Karrasko - 2%

Anxel Di Mariya - 1%

Samir Nasri - 1%


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia