

Leo "Manchester Yunayted"ga sotilishi mumkin bo'lgan Usmon Dembelening "ko'k-anorranglilar" safida qolishini xohlaydi. Shu bilan birga, agar kataloniyaliklar safini Dembele tark etsa, Depayning transferiga yo'l ochiladi.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Depay - "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning bosh transfer maqsadi. Depayning shaxsiy shartnoma shartlari bundan bir necha hafta oldin kelishib olingan edi.
Memfis Depay "Lion"ga "Manchester Yunayted"dan 2017 yilda o'tgandi. O'yinchi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan.



