Messi "Barselona"ning Chempionlar Ligasidagi asosiy raqobatchilarini sanadi

Alisher
20 fev 2020, 12:46
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubining joriy mavsumda Chempionlar ligasidagi asosiy raqiblarini sanab o'tdi.

"PSJ Dortmundga bordi va "Borussiya"ga yutqazdi. "Liverpul" "Atletiko"dan mag'lubiyatga uchradi. Menimcha, hozir eng kuchli raqiblar - "Liverpul", "Yuventus", PSJ va "Real", - deydi Messi.

Turnirning 1/8 finalida "Barselona" Italiyaning "Napoli" jamoasi bilan o'ynaydi. 

Birinchi o'yin 25 fevral kuni Neapolda bo'lib o'tsa, javob o'yini 18 mart kuni Ispaniyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo