Messi "Barselona"dan "Chelsi" himoyachisini sotib olishni so'radi

Tolibjon Qosimov
5 fev 2018, 21:57
"Don Balon" nashrining xabar berishicha, "Barselona" yetakchisi Lionel Messi klub rahbariyatiga yozda Markos Alonsoni sotib olishni so'rab murojaat qilgan.

Messi "Chelsi" himoyachisini o'z nuqtasida eng kuchlilardan biri deb hisoblamoqda. Uning fikricha, Alonso va Alba o'rtasidagi raqobat o'yinchilar uchun ham, klub uchun ham foydali bo'ladi.

Lionel hatto klub Alonso bilan kelisha olmagan taqdirda zaxira variantini ham o'ylab qo'ygan. Leoni bu joyga "Bavariya" a'zosi David Alaba yoki "Valensiya" himoyachisi Xase Gayyani olinishi ham qoniqtiradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon