Mertensga ikkita taklif tushdi

21 apr 2020, 08:50
Dris Mertens Neapolni tark etishga yaqin turibdi.

“Inter” hamda “Chelsi” klublari Dris Mertensga “Napoli”dan olayotgan maoshidan ko'proq pul taklif qildi, deya yozmoqda RAI jurnalisti Paulo Paganini.

Mertensning “Napoli” bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmasligi va mavsum so'ngida klubni tark etishi aniqligi takidlangan.

32 yoshli futbolchi “Napoli” sharafini 2013 yildan beri himoya qiladi. U joriy mavsum 29 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RAI Sport