Mertens: "Napoli" va Sarri o'rtasida nima bo'lganiga tushunmadim"

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2018, 18:14
"Napoli" hujumchisi Dris Mertensning so'zlariga ko'ra, Neapol klubidagi vaziyatdan to'liq xabardor emas, shu sababli kelajagi haqida gapirish erta deb hisoblamoqda.

May oxirida Karlo Anchelotti "Napoli" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi, biroq klub va Mauricio Sarri o'rtasidagi shartnoma bekor qilingani yo'q, shu sababli mutaxassis maosh olishda davom etmoqda.

"Napoli"da nima bo'lishini kuzatamiz, hozircha Sarri vaziyatiga tushunmadim. Ayni damda terma jamoadaman, qaytganimda muhokama qilamiz. 2 yillik bitimim bor, bu yerda baxtliman. Tarkibimiz kuchli" - deydi Mertens.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia