Meksikalik darvozabon 46 yoshida faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 16:15
Meksikalik darvozabon Oskar Peres 46 yoshga kirganda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Kiperning faoliyati 26 yil davom etdi.

Shu davr mobaynida u "Krus Asul", "Tigres", "Chiapas", "Nekaksu", "San Lui", "Pachuka" kabi jamoalarda harakat qildi. Klublarda u 740 o'yinda qatnashib, 813 gol qo'yib yubordi. Shuningdek, 2 gol kiritishni ham uddalagan.

Meksika termasida esa 57 o'yinda qatnashgan.

Oskar faoliyatida Meksika chempioni va Kubogi sohibi, KONKAKAF chempionlar ligasi 3 karra g'olibi, Konfederatsiyalar kubogi g'olibi va KONKAKAFning "Oltin Kubogi" sovrinlarini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal