Meksika JCH-2014ning 31-ishtirokchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2013, 13:46
JCH-2014 saralashi qitalararo pley-offi doirasida Yangi Zelandiya o'z maydonida Meksikaga mag'lub bo'ldi 2:4.
Shu tariqa Meksika Braziliyadagi mundialga yo'llanma olgan 31-jamoaga aylandi.

Jahon chempionatining oxirgi ishtirokchisi nomi ertaga Urugvay - Iordaniya uchrashuvidan so'ng rasman ma'lum bo'ladi. Bu o'yin 21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:00da boshlanadi.

Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Yangi Zelandiya – Meksika  2:4 (0:3, 2:1)
20 noyabr, Westpac Stadium
Gollar:
0:1 – 14 Peralta,  0:2 – 29 Peralta,  0:3 – 33 Peralta,  1:3 – 80, penalti James,  2:3 – 83 Fellon,  2:4 – 86 Pena.
Yangi Zelandiya – Moss, Roxas (Henderson, 73), Ru, Tuiloma (Fenton, 50), Smit, James, A. Durante, Brockie, Smelc (Fellon, 54), Barbaruses, MakGlinchi.
Meksika – Munoz, Markes, Agilyar, Maca, Pena, J. Valenzuela, Medina, M. Layun, Montes (Eskobosa, 58), Ximenes (de Nigris, 68), Peralta (Zinya, 76).
Ogohlantirishlar: Montes (2), Smelc (20), Barbaruses (35), Munoz (39), James (88), Medina (90).
Dastlabki o'yin: 1:5.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru