Meksika murabbiyi: "Amerika Kubogini tark etganimiz javobgarligini bo'ynimga olaman"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 13:14
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera Ekvadorga qarshi uchrashuvdan (1:2) so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bu turnirda yaxshi ishtirok eta olmadik. Jamoamiz guruhdan chiqishni niyat qilgan edi. Jamoamiz guruhdan chiqishni rejalashtirgandi, ammo qo'limizdan kelmadi. Mag'lubiyat uchun javobgarlikni bo'ynimga olaman. Ekvador bilan yomon o'ynadik deya olmayman, ammo vaziyat shunday bo'ldi. Hakamlarga etirozim bor. Ular bu yerda nima bilan shug'ullanayotganini tushunmadim. Ximenesga nisbatan qo'pollik bo'ldi deb baqirdim, hakam esa jarima belgilash o'rniga men bilan gaplashgani oldimga keldi" - deydi Errera.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com