Mbappe va Pogba jamoalarini almashishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 17:41
PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun yana bir da'vogar jamoa paydo bo'ldi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, keyingi yili yozda MYU 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi. "Manchester Yunayted" futbolchining narxini tushirish uchun Pol Pogbani PSJga berib yuborishi kutilmoqda.

Oldinroq Pogba "Barselona"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana