Mbappe "Real"ga PSJdan qachon ketishini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2024, 13:25
Kilian Mbappe "Real"ga PSJni qachon tark etishini aytdi.

Forvard "Qirollik klubi"dagilarga yozda erkin agent sifatida Madrid klubi safiga qo'shilishini ma'lum qilgan.

Oldinroq, Mbappe PSJ prezidenti Nosir Al Helayfiga jamoani o'zgartirish niyatida ekanligini xabar bergan edi.

Endi fransiyalik "Real" bilan bitim shartlarini kelishib olishi kerak. Shundan keyingina u PSJ bilan jamoani tark etish detallari bo'yicha suhbatlashib, klubga moliyaviy zarar etkazmasli haqida bosh qotiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca