Mbappe - "Real"ga o'tishi haqida: "Kelajagim borasida nimadir deya olmayman"

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019, 10:10
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o'tishi mumkinligini inkor qilmadi.

"PSJda baxtliman. Klubdagi shartnomam 2021 yilda yakuniga etadi. Hozirda boshqa klubga o'tish borasida o'ylash uchun unchalik yaxshi palla emas.

"Real"? PSJda barchasi meni qanoatlantiryapti. Ammo kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi", - dedi Mbappe.

Mbappe PSJ tarkibida barcha turnirlarda 67 o'yinda qatnashib, 42 gol urdi va 26 marta hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com