Mbappe Pelening rekordini yangiladi

Оқил Абдубарноев
5 dek 2022, 00:30
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.

PSJ sharafini himoya qilayotgan futbolchi JCH-2022 1/8 finalida Polsha bilan o'yinda (3:1) dubl qayd etdi.

Hozirda 23 yoshli Mbappe hisobida jahon chempionatlarida urilgan 9 ta gol bor. 24 yoshga qadar hech kim undan tezroq gol urmagan. Avvalgi rekord braziliyalik Pelega tegishli edi, futbol afsonasi 24 yoshga to'lgunga qadar 7 ta to'p kiritgan.

Shuni ham takidlash kerakki, shu kungacha jahon chempionatida 8 ta gol urgan eng yosh futbolchi portugaliyalik Eysebio (24 yoshu 182 kun) hisoblanardi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gracenote Sports