

Kristof Galte shogirdlari mazkur bahsda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi – 4:3.
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe so'nggi o'yinda dubl qayd etdi. Hozirda uning hisobida Fransiya 1-ligasi doirasida 150 ta gol mavjud. Mbappe shundan 134 tasini PSJ safida, yana 16 tasini “Monako” libosida o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Francuz klubi navbatdagi o'yinini 26 fevral kuni o'tkazadi. Shu kuni parijliklar Liga 1'ning navbatdagi turida “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi.
Ayni damda PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.



