
“Lyov Gana va Fransiyaga qarshi o'ynagandek ehtiyotkor o'yin namoish etish va raqibning kuchsiz joyini topib, unga huddi Braziliya kabi ayovsiz zarba berish kerakligini biladi. Ammo finalda bunday mushakbozlik bo'lmaydi. Har qanday top jamoaning kuchi har hillikdadir. Germaniya ham bu mundialda o'z taktikasini ko'rsatyapti. Shu sababli finalda Germaniyadan yana bir ko'ngilochar shou kutish kerak emas. Ammo g'alabani albatta kuting” – deydi Matteus.