Matich umumiy guruhda shug'ullanmayapti, u MYUga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 17:43
"Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Manchester Yunayted"ga o'tish niyatida.

Iyun oxirida transfer yaqin vaqt ichida amalga oshishi e'lon qilingandi, ammo bu sodir bo'lmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, serbiyalik futbolchi umumiy guruhda shug'ullanayotgani yo'q, u Manchesterga ko'chib o'tmoqchi. "Chelsi" futbolchilari Matich jamoani tark etishiga ishonishadi. 28 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirmoqda.

"Chelsi" Matichni 40 mln. funtga baholamoqda. Yarim himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph