Matich Sulshyerdan norozi ekanligini aytdi

Alisher
5 sen 2019, 15:21
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich jamoadagi o'rnidan norozi.

"Murabbiy natijaga javob beradi. Agar jamoa g'alaba qozonmasa, savollar ko'payadi. 

Men Sulsherga zaxirada qolayotganimdan norozi ekanligimni aytdim, ammo qarorlarni u qabul qiladi", - deydi Matich.

31 yoshli Matich MYUga 2017 yilda "Chelsi"dan o'tgan edi.

Yarim himoyachi "Chelsi" va MYUdan tashqari "Kolubara", "Koshice", "Vitess" va "Benfika" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports