Matbuot anjumanida ten Xagdan Ronalduning "Al-Nasr"ga o'tishi haqida so'rashdi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2022, 23:25
"Vulverxempton"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagga Krishtianu Ronalduning "Al-Nasr"ga o'tishi borasida savol berildi.

"Avvalgi narsalar haqida gapirishni istamayman, keling, kelajak haqida suhbatlashamiz.

Bugun oldinga qadam tashladik. Mavsumda ilk bor kuchli to'rtlikka kirdik, ammo bu hech narsani anglatmaydi, chunki mavsum uzoq davom etadi. O'yindan o'yinga o'sib borishimiz kerak" - deydi ten Xag.

Eslatib o'tami, noyabr oyida Ronaldu intervyu berib, MYU bosh murabbiyini tanqid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal