Mataning otasi: "Xuan bu ikki jamoaga umuman o'tmaydi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2019, 19:55
"Manchester Yunayted" futbolchisi Xuan Mataning otasi o'g'lining kelajagi haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" bizga yangi shartnoma taklif qildi va biz bundan juda xursandmiz. Biroq bizga YCHLda qatnashayotgan boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Balki Xuan Ispaniyaga qaytar, ammo bu bugungi kunning so'rovi emas. Hali hech nima hal bo'lmagan.

Shunday ikki jamoa borki, Xuan bunga o'tmaydi, bular "Liverpul" va "Manchester Siti". Oldin bu klublardan takliflar bo'lgan. Ammo "Manchester Yunayted" muxlislarini hurmat qilishimiz kerak. Ular Xuanni azizlashadi", - dedi futbolchining otasi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports