Mata: "Chelsi" istalgan sovrin uchun kurasha oladi"

Narzulla Saydullayev
30 okt 2013, 10:00
"Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Mata Angliya liga kubogi doirasidagi "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Arsenal" juda yaxshi o'ynaydi, shu bois bizga oson bo'lgani yo'q. "Kanonirlar" oxirigacha kurashishdi va bir qator vaziyatlar yaratishdi. Ikkinchi urilgan gol juda muhim bo'ldi. 

So'nggi kunlarda "Manchester Siti" va "Arsenal" kabi Yevropaning grand klublarini taslim qildik, bu esa klubimiz istalgan sovrin uchun kurasha olishini isbotladi. Hozircha kuboklar haqida gapirishga erta, ammo biz harakat qilamiz", - deydi Mata. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru