

Jamoamga rahmat aytmoqchiman. 65 daqiqa juda yaxshi o'ynadik. Ammo oxirida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Bu futbol, biroz xafaman.
2:0 hisobida oldinda borib uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Levandovskining goligacha Bavariyada deyarli vaziyat bo'lmagandi. Kichik xato Myullerning goli bilan yakunlandi. Hech kim Bavariya bilan Myunxenda shunday o'ynashimizni kutmagandi. Mag'lub bo'ldik, ammo ko'rsatgan o'yinimizdan uyalmaymiz.
Endi Italiya chempionatiga e'tibor qaratamiz va keyingi yilgi YCHLni kutamiz, – deydi Allegri.



