Massimiliano Allegri: "Futbolda bazan kutilmagan hodisalar ro'y beradi"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning 1-turida jamoasining "Udineze"ga qarshi o'yini (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Futbolda bazan kutilmagan hodisalar sodir bo'ladi. Uchrashuvni nazorat qildik, biroq hujumlarni yakunlashda no'noqlik qildik. Shuningdek, kutilmagan hodisalarga dosh berolmadik. Ushbu bahs bizga saboq bo'ladi. Lokatelli hozir formasini to'liq tiklamagan. Remzi bugun yaxshi o'ynadi. Biroq futbolda eng muhimi g'alaba qozonish", - dedi turinliklar bosh murabbiyi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN